QA Community MeetUp
QA mutaxassisi bo‘lmoqchisiz, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda QA Uzbek Community asoschisi bilan bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yubormang.
Ravshan Abduqodirov o‘z faoliyatini dastlab qo‘lda sinovdan o‘tkazishdan boshlagan bo‘lib, Alif kompaniyasidagi barcha jarayonlarni noldan tashkil etgan, shuningdek, Python va Swift tillarida avtotestlar yaratgan. Bugungi kunda esa tajribali mutaxassisi sifatida sohaga yangi kirib kelayotganlarga ilk bosqichlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik va QA sohasidagi karyeralarini rivojlantirishda yordam bermoqda.
Uchrashuvda sohani egallashning zarur shartlari, bugungi kunda muhim bo‘lgan ko‘nikmalar va hamjamiyat tomonidan ushbu yo‘nalishga endigina qadam qo‘yayotganlarning qo‘llab-quvvatlanishi borasida so‘z boradi.
📅 21-iyul, 19:00
📍 School 21, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy