ME'MOR 2025
ME'MOR//2025 tanloviga arizalar qabuli boshlandi
IV Xalqaro ME'MOR//2025 arxitektura mukofotiga Oʻzbekiston, Gruziya va Ukrainadan qatnashuvchi ishtirokchilarni roʻyxatga olish jarayoni boshlandi.
Kim qatnasha oladi?
– Arxitektorlar, interyer dizaynerlari va landshaft dizaynerlari – har uchala mamlakatdan.
– Ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari talabalari va jurnalistlar - faqat O‘zbekistondan.
Qanday oʻzgarishlar bor?
– Mukofot xalqaro darajaga chiqmoqda.
– Yangi “KNAUF.Interyer+” tanlovi qoʻshildi .
Sovrin jamgʻarmasi
Jami summa: 250 000 000 soʻm.
Nominatsiya gʻoliblari 5 000 000 soʻmdan 11 000 000 soʻmgacha olishadi.
“KNAUF.Interyer+” tanlovi gʻolibiga esa 20 000 000 soʻm taqdim etiladi.
Memorcontest.uz saytida ishtirok etish uchun ariza topshiring va oʻz kasbingizning ilgʻor mutaxassislariga aylaning.