AI Forum CIS

AI Forum CIS

Avg
7
07 - 08 Avgust
09:00 - 17:00
Settlement of Konigil
Oflayn Bepul Ochiq Forum

Samarqandda MDH mamlakatlari uchun sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

🔠Joriy yilning 7–8 avgust kunlari Samarqand shahrida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda va sun’iy intellekt sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, davlatlar o‘rtasidagi ilmiy-texnik tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi birinchi ixtisoslashtirilgan platforma sifatida o‘tkaziladi.

Forum dasturida:

— Mavzuga oid panel muhokamalari,

— Biznes uchrashuvlar va tajriba almashinuvi,

— Samarqand shahrida madaniy tadbirlar ko‘zda tutilgan.

📌Forum — mintaqa davlatlari o‘rtasida hamkorlik, muvofiqlashuv va yondashuvlarni uyg‘unlashtirish uchun imkoniyat!

Koʻrishlar soni: 43