
UzGeeks Community -/5
UzGeeks Community — bu O‘zbekistoning hamma burchaklaridan bo‘lgan axborot texnologiylari muhandislarini faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlari, axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan bo‘lishish, yosh mutaxassislarga, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotdagi qo‘llanilishi, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi mutloq ochiq maydoncha.
Shu bilan birga, axborot texnologiyalariga oid o‘zbekcha sifatli resurslarni yaratish, borlarini to‘ldirish UzGeeks jamoasining yana bir muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
UzGeeks doirasida 10 yildan beri har oyda bir marta ochiq muloqot, bilim va malakalar bilan bo‘lishish maqsadida meetup-tadbirlar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, UzGeeks meetuplari onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatiladi. Ushbu tadbirlarda qatnashish mutloq bepul bo‘lib, xohlagan ishtirokchi o‘z shaxsiy professional tajribasidan kelib chiqqan holda biror-bir mavzu bo‘yicha taqdimot o‘tkazib berishi, yoki oddiy eshituvchi-ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.
Tadbirlar
Obunachilar
