Xalqaro noshirlik va mualliflik huquqlari seminari

Об этом мероприятии
❓ Xalqaro nashriyot bozori qanday ishlaydi?
🪶 Mualliflik huquqlari, litsenziyalar, xalqaro hamkorlik va kitoblarning yangi bozorlarga chiqishi bugungi nashriyot biznesining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Sizni Turkiyaning yetakchi noshirlari ishtirokidagi xalqaro seminarga taklif qilamiz.
Seminar davomida ishtirokchilar:
• mualliflik huquqlari va litsenziyalash tizimi;
• xalqaro nashriyot bozoridagi zamonaviy tendensiyalar;
• xalqaro kitob yarmarkalari va professional platformalar;
• Istanbul Publishing Fellowship dasturi imkoniyatlari;
• nashriyotlar uchun xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Xorijiy ekspertlar:
• Dr. Muhammed Ağırakça
Istanbul Publishing Fellowship tashkiliy qo‘mitasi raisi, Introtema Agency bosh direktori
• Emre Can Petek
Introtema Agency savdo menejeri, Istanbul Publishing Fellowship tashkiliy qo‘mitasi a’zosi
• Gulnara Yakupova
Mualliflik huquqlari bo‘yicha mutaxassis, Introtema Agency.
Istanbul Publishing Fellowship tashkiliy qo‘mitasi a’zosi
☕ Coffee-break va networking
🎧 Sinxron tarjima
🎟 Ishtirok bepul
❗Qatnashish uchun so’rovnomani to’ldiring. Joylar soni cheklangan.
Кто идёт
2Местоположение
Похожие мероприятия

