Turin politexnika universitetida “Mehnat yarmarkasi”
 Turin politexnika universitetida “Mehnat yarmarkasi”
TP

Turin politexnika universitetida “Mehnat yarmarkasi”

апр.
24
24 апреля, четверг
10:00 - 12:00GMT +05

Tashkent

Едут 1 человек.

Оффлайн Бесплатно Открыто Выставка

🔺Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet tashkil topganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan “Tadbirlar haftaligi” doirasida “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi — mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan korxonalar bilan talabalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolashdan iborat.

💠Mazkur yarmarka doirasida bitiruvchi talabalar uchun “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalar, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari vakillari, jumladan sanoat ishlab chiqarish korxonalari, avtomobil sanoati, energetika sohasi, axborot texnologiyalari, qurilish tashkilotlari va boshqa turli yo‘nalishlardagi yirik ish beruvchilar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Tadbir davomida talabalar amaliyot jarayonlari bo‘yicha maslahatlar hamda mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

🗓 Sana: 2025-yil 24-aprel

Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: TTPU, Blue Hall, Green Hall

Количество просмотров: 75