Pet Day
Samarkand
Samarqanddagi School 21 da jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlangan Pet Day bo‘lib o‘tadi. Shu kuni siz do‘stingiz bilan birga kelishingiz va tadbirda ishtirok etishingiz mumkin.
Tadbir dasturida:
- Zoovolontyor va «Terra» hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori Diana Babayan bilan uchrashuv,
- Samarqand viloyati IIB kinologlari bilan muloqot,
- mehr-muruvvat, ko‘mak va mas’uliyat haqida muhim suhbatlar.
D.Babayan qutqarib qolingan hayvonlar haqidagi hayotiy voqealar bilan bo‘lishar ekan, qanday qilib har birimiz bunday xayrli ishga hissa qo‘shishimiz mumkinligini izohlab beradi.
Maxsus mehmonlar – Samarqand viloyati xizmat-qidiruv itlarini tayyorlash pitomnigida o‘rgatilgan xizmat itlari.
Ushbu itlarning barchasi kinologlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘pkurash musobaqasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining mutlaq chempionlaridir.
Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi professional kinologi va veterinar shifokor, it zotlari bo‘yicha ekspert Jaxongir Abduxamidovich Shakirov ham ishtirok etadi.