O‘zbekiston reklama bozorini tartibga solishning dolzarb masalalari

O‘zbekiston reklama bozorini tartibga solishning dolzarb masalalari

июл.
7
07 - 08 июля
09:00 - 13:30
Tashkent
Hamid Isomov
-/5

Едут 1 человек.

Оффлайн Платно Открыто Seminar

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi birinchi marta, sohaga doir davlat idoralari ekspertlari ishtirokida, “O‘zbekiston reklama bozorini tartibga solishning dolzarb masalalari” seminar-treningini o‘tkazadi.

Reklama bozorining barcha faol qatnashchilarini, reklama beruvchilar, marketologlar va marketing agentliklarini ikki kunlik seminarda qatnashishga taklif etamiz:
O‘zbekiston reklama va soliq qonunchiligiga rioya etish
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda kontentni yaxshiroq tuzish yo‘llari
Tashqi reklama va raqamli monitoring haqida
Reklamada eng ko‘p uchraydigan qonunbuzilishlar va boshqa mavzular.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston marketing uyushmasi vakillari ishtirok etmoqda.

Sana: 7-8-iyul
Vaqti: 9:00 dan 13:30 gacha
Manzil: Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 31

Trening yakunida shaxsiy qatnashchi Sertifikati beriladi.

Qatnashish narxi – bir ishtirokchi uchun 3 700 000 so‘m. Marketing uyushmasi hamkorlari uchun qatnashish narxi – bir ishtirokchi uchun 2 700 000 so‘m.

Treningda qatnashish uchun murojaat qiling:
+998 99 944 44 07 Zafar Mirzayev

Количество просмотров: 405