Behalovat avlod

Об этом мероприятии
"Behalovat avlod": yoshlar orasidagi ruhiy xastaliklar epidemiyasi - sabablar, oqibatlar, yechimlar
Jonathan Haidtning “Behalovat avlod” kitobi nashr etilgandan buyon butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va o‘smirlar salomatligi masalasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi 16 yoshga ko‘tarildi, boshqalari esa bu borada muayyan choralar ko‘rishni rejalamoqda. Ayrim ijtimoiy media kompaniyalari ham bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan dizayn va kontentlar sabab bir necha bor sudga tortildi.
Kitobning o‘zbek tilida nashr etilishi bu mavzuni jamiyatimizda yanada chuqurroq va asosli muhokama qilish imkonini yaratdi. Bugun u ota-onalar, pedagoglar, ta’lim va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.
Farengeyt Press kitobda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar va kitobxonlar ishtirokida ochiq muhokama uchrashuvi tashkil etishni rejalagan. Keling, muhokamada qatnashing, savol bering, fikr bildiring, o‘z tajribalaringizni so‘zlab bering - har birimizning hayotimizga kirib bo‘lgan bu muammoga birgalikda yechim izlaymiz.
💬 Faol qatnashgan ishtirokchilar uchun sovg‘alarimiz bor. Shuningdek, tadbir davomida barcha kitoblarimiz chegirma bilan taqdim etiladi.
