Tadbir yakunlangan OflaynBepulBootcampFreelancing

Women empowerment bootcamp

Mart 11 – 14· 09:00 – 19:00 (Asia/Tashkent) · Samarkand· 1 kishi boradi· 939 ko'rish
Women empowerment bootcamp
Mar11
Tadbir yakunlangan
21 School Uzbekistan
Tashkilotchi21 School UzbekistanHali baholanmagan
Tadbir tugagan
Bu tadbir Mar 14 sanasida tugadi. Boshqa tadbirlarni kashf qilishingiz mumkin.
0.0Baholanmagan
Agar tadbirda qatnashgan bo‘lsangiz, tizimga kirib, uni baholay olasizmi?Baholash
Sana va vaqt
Mart 11 – 14
04:00 – 14:00 · Asia/Tashkent
Manzil
Samarkand
улица Ибн Сины, 17А
Ro'yxatdan o'tish
forms.gle
Tashqi forma

Ushbu tadbir haqida

💡Qizlar, bu tadbir siz uchun!

11-mart kuni Samarqandda IT bo‘yicha bilim va malakangizni rivojlantirishga imkon beruvchi to‘rt kunlik oromgoh ish boshlaydi. Unda siz IT sohasiga kirish va o‘z o‘rningizni topish, mehnat bozoriga yoki frilansga chiqish uchun zarur bo‘ladigan asosiy digital-kompetensiyalarni o‘zlashtirish, qolaversa, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishni o‘rganishingiz mumkin.

📌 Sizni nima kutmoqda?

IT sohasida yetakchilik, loyihalarni boshqarish, portfolio va karyera yaratish haqida seminarlar.

🎯 O‘ziga nisbatan ishonchni oshirish va kasbiy o‘sish bo‘yicha interaktiv mashqlar.

📑 Mutaxassislar tomonidan rezyume tuzish, uni tahlil qilish va mukammallashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.

💡 Frilans platformalari tahlili: digital sohada buyurtmalarni qanday topish va rivojlanish.

👥 ЅTEM da xotin-qizlar jamoasi va volontyorlik imkoniyatlari haqida sessiyalar.

Malakali murabbiylardan ko‘plab amaliyotlar, muloqotlar va foydali insaytlar kutilmoqda.

📍 School 21, Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17A

🏡 Yashash maktab yotoqxonasida

🖍 O‘rinlarlar soni chegaralangan

👉 Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://forms.gle/x276CzMbjaxJezUx8

📢8-mart kuni biz saralashning birinchi bosqichi natijalari va ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilamiz. Yangiliklarni va pochtani kuzatib boring – balki ro‘yxatda aynan sizning ismingiz bo‘lar!

Yangiliklarni kuzatib boring – tez orada batafsil ma’lumot beramiz!

Kim qatnashdi

1

Joylashuv

Samarkand
улица Ибн Сины, 17А
39.674163, 66.973788
Xaritada ochish
939 ko'rishlar 1 obuna Mar 8, 2025 sanasida joylangan Kurs
Tadbir yakunlangan ★ Baholanmagan
O'xshash tadbirlar