
Ushbu tadbir haqida
IT Park Ventures yuqori salohiyatga ega startaplar uchun investitsiya imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Open Day — bu investitsiya jamoasi bilan bevosita uchrashish, loyihangizni taqdim etish va keyingi rivojlanish bosqichi bo‘yicha fikr-mulohaza olish imkoniyati.
❓ Open Day kimlar uchun?
— Seed / Series A bosqichidagi startaplar;
— Product-Market Fit'ga ega loyihalar;
— Tajribali asoschilar;
— O‘zbekistonlik hamda xorijdagi vatandoshlar asos solgan startaplar;
— Investitsiya jalb qilish yoki kengayishni rejalashtirayotgan loyihalar.
Xorijdagi asoschilar uchun onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud.
💡 Nega qatnashish kerak?
Open Day ishtirokchilarga IT Park Ventures investitsiya jamoasi bilan yakkama-yakka pitch qilish, ekspertlardan fikr-mulohaza olish va keyingi investitsiya hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini beradi.
