ICT Week Uzbekistan 2025 dunyodagi yetakchi ekspertlarni kelajak texnologiyalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi
ICT Week Uzbekistan 2025 dunyodagi yetakchi ekspertlarni kelajak texnologiyalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi
ICTWEEK UZBEKISTAN
Tashkilotchi -/5
CAEx Uzbekistan

Hamtashkilotchi -/5

CAEx Uzbekistan

ICT Week Uzbekistan 2025 dunyodagi yetakchi ekspertlarni kelajak texnologiyalarini muhokama qilish uchun birlashtiradi

Sen
23
23 - 26 Sentabr
10:00 - 18:00
Tashkent
Oflayn Bepul Ochiq Marosim

23–26 sentyabr kunlari Toshkentda, Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) majmuasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mamlakatimizdagi eng yirik tadbir — ICT Week Uzbekistan 2025 bo‘lib o‘tadi.

To‘rt kun davomida texno-hafta jahon ekspertlari, startaplar, yirik kompaniyalar va hukumat vakillarini bir maydonga to‘plab, sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalari haqida eng dolzarb masalalarni muhokama etadi.

ICT Week Uzbekistan 2025 – bu nafaqat innovatsiyalar va yangicha yechimlarni namoyish qilish maydoni, bu O‘zbekistonning mintaqaviy IT-hubga aylanishi yo‘lidagi muhim qadam hamdir.

Haftalik dasturida:
Xalqaro konferensiyalar va seminarlar – raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik, AI va IT kelajagi haqida ma’ruzalar
Workshop va treninglar – dasturlash, axborot xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar
ICT Expo – Innovatsiyalar ko‘rgazmasi – AI, blokcheyn, IoT bo‘yicha yangi ishlanmalar taqdimoti
Startup & Venture Summit – g‘oyalar va investitsiyalar maydoni
B2B va B2G uchrashuvlar – hamkorlik va rivojlanish imkoniyatlari
GameDev, FinTech va E-commerce – global trendlar va mahalliy yechimlar
Davlat tashabbuslari – raqamli strategiya va iqtisodiy rivojlanish rejalarini taqdimoti
Networking – 50+ davlat, 20+ delegatsiya, 300+ kompaniya va 20 000+ ishtirokchi uchun noyob maydon

🤝 Homiy va ishtirokchilar
• General Sponsor – Uzum
• Strategic Partner – Startup Qatar
• Gold Partners – Huawei, ZTE
• Digital Transformation Partner – Datavolt
• Main Digital Partner – Yandex Uzbekistan
• Technical Partner – IT Park Uzbekistan va Uztelecom
• Network Partner – Beeline Uzbekistan
• Education Partners – HP, INHA
• Registration System Partner – Sarkor Telecom

Ishtirokchilar orasida: IT Park Uzbekistan, Uzum, Yandex Uzbekistan, Invest Qatar, DataVolt, HP, Uztelecom, Huawei, ZTE Corporation, Beeline Uzbekistan, Mobiuz, AloqaBank, AloqaVentures, Venkon Group, UZINFOCOM, Digital Government Center, Linkwise Technology, Amity University Tashkent, opencard va 100+ global hamda mahalliy ICT kompaniyalari.

Shuningdek, Qatar, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya milliy pavilonlari ushbu davlatlarning eng zamonaviy ishlanmalarini namoyish qiladi.

Nega ishtirok etish kerak?
🌍 50+ davlat qatnashchi
🤝 20+ rasmiy delegatsiya
🏢 300+ kompaniya va hamkorlar
👥 20 000+ tashrif buyuruvchi

Bu tadbir – texnologiyalar sohasidagi eng yangi trendlardan xabardor bo‘lish, balki kelgusi hamkorlik uchun aloqalar o‘rnatish, yangi bozorlariga chiqish va raqamli kelajakning bir qismiga aylanish imkoniyatini beradi.

📌 ICT Week Uzbekistan 2025’ga qo‘shiling va global IT hamjamiyatining ajralmas qismiga aylaning!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://ictweek.uz/uz/register/visitor
+998 55 511-07-77
📧 info@ictweek.uz | info@ite-association.uz

Koʻrishlar soni: 436