
Hurmatli ayol tadbirkorlar!
AIKB «Ipak Yo‘li» Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki hamda O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Sizni «G‘oyadan sotuvgacha: biznesni onlayn targ‘ib qilish va kengaytirish» mavzusidagi o‘quv treningda ishtirok etishga taklif qiladi.
Sizni nimalar kutmoqda?
🔴Raqamli marketing bo‘yicha master-klass
🔴Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish – ro‘yxatdan o‘tishdan dastlabki mijozlargacha
🔴Biznesni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar
Ishtirokchilar uchun bonuslar:
🔴O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasidan Telegram orqali xarajatlarni bepul yuritish xizmati
🔴Treningdan o‘tganlik haqida sertifikatlar
🔴Wildberries platformasidan maxsus takliflar
Trening dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://docs.google.com/document/d/1AntRgtr1YX7rfVmxj-0tJqOIBXZg0ke9YJMtkecSIhQ/edit
Ro‘yxatdan o‘tish lozim. O‘rinlar soni cheklangan!
* «Ipak Yo‘li» Banki mijozlari uchun treningda ishtirok etish bepul.