Tadbir yakunlangan OflaynBepulMuallifKitob muhokamasi

Behalovat avlod

Payshanba, Aprel 23· 16:00 – 20:00 (Asia/Tashkent) · Tashkent· 4 kishi boradi· 259 ko'rish
Behalovat avlod
Apr23
Tadbir yakunlangan
Farengeyt Press
TashkilotchiFarengeyt PressHali baholanmagan
Tadbir tugagan
Bu tadbir Apr 23 sanasida tugadi. Boshqa tadbirlarni kashf qilishingiz mumkin.
0.0Baholanmagan
Agar tadbirda qatnashgan bo‘lsangiz, tizimga kirib, uni baholay olasizmi?Baholash
Sana va vaqt
Payshanba, Aprel 23
11:00 – 15:00 · Asia/Tashkent
Manzil
Tashkent
ул. Алишера Навои, 1, Ташкент

Ushbu tadbir haqida

"Behalovat avlod": yoshlar orasidagi ruhiy xastaliklar epidemiyasi - sabablar, oqibatlar, yechimlar

Jonathan Haidtning “Behalovat avlod” kitobi nashr etilgandan buyon butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va o‘smirlar salomatligi masalasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi 16 yoshga ko‘tarildi, boshqalari esa bu borada muayyan choralar ko‘rishni rejalamoqda. Ayrim ijtimoiy media kompaniyalari ham bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan dizayn va kontentlar sabab bir necha bor sudga tortildi.

Kitobning o‘zbek tilida nashr etilishi bu mavzuni jamiyatimizda yanada chuqurroq va asosli muhokama qilish imkonini yaratdi. Bugun u ota-onalar, pedagoglar, ta’lim va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

Farengeyt Press kitobda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar va kitobxonlar ishtirokida ochiq muhokama uchrashuvi tashkil etishni rejalagan. Keling, muhokamada qatnashing, savol bering, fikr bildiring, o‘z tajribalaringizni so‘zlab bering - har birimizning hayotimizga kirib bo‘lgan bu muammoga birgalikda yechim izlaymiz.

💬 Faol qatnashgan ishtirokchilar uchun sovg‘alarimiz bor. Shuningdek, tadbir davomida barcha kitoblarimiz chegirma bilan taqdim etiladi.

Kim qatnashdi

4
Ulug‘bek, Gulyorabonu, Umid bordi
To'liq ro'yxatni ko'rish

Hammualliflar

Joylashuv

Tashkent
ул. Алишера Навои, 1, Ташкент
41.316932, 69.274137
Xaritada ochish
259 ko'rishlar 4 obuna Apr 20, 2026 sanasida joylangan Davra suhbati
Tadbir yakunlangan ★ Baholanmagan
O'xshash tadbirlar