AV Focus 2026

Ushbu tadbir haqida
Tashrif buyuruvchilar tadbir davomida sohaning yangi mahsulotlari bilan tanishishlari, ilg‘or texnologiyalar va eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumot olishlari, hamkasblar bilan muloqot qilib, foydali aloqalar o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.
Dasturdan o‘rin olgan:
AV-uskunalar demo zonasi
ekspertlar chiqishlari
loyihalar muhokamasi
tajriba almashish
netvorking
AV Club tomonidan har yili tashkil etiladigan ushbu tadbir an’anaviy ravishda dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, integratorlar, multimedia yechimlari buyurtmachilari hamda O‘zbekistonning proAV va IT-mutaxassislarini bir joyga jamlaydi.
Forumda ishtirokini quyidagi kompaniyalar tasdiqlagan:
Lumens — sun’iy intellekt asosida kameralarni avtomatik boshqarish
NovaStar — LED-ekranlarni boshqarish uchun kontrollerlar
SMARTPLAYER — Digital Signage tizimlarini boshqarish platformasi
Insolex — Sonance Professional audio yechimlari
LevelUp — kinetik lebyodkalar
