"AI Incubator 2026"ga arizalar qabuli boshlandi

Ushbu tadbir haqida
O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda
IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dastur ikki bosqichda tashkil etiladi. 2026-yil may oyida bir oylik AI Mentorship bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar sun’iy intellekt asosida zamonaviy IT-mahsulotlar yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi. 2026-yil yozida esa eng kuchli ishtirokchilar uchun 10 haftalik AI Incubator bosqichi boshlanadi. Bu bosqich to‘laqonli startapni ishga tushirishga qaratiladi. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:
🟢Andijon viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Farg‘ona viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢Toshkent shahri
Kimlar qatnashishi mumkin?
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
✔ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔ Mahorat darslari
✔ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
