
About this event
TBC Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun TBC Biznes Trening dasturini ishga tushirmoqda. Dastlabki oflayn trening 12–13-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, keyinchalik esa dastur O‘zbekistonning 6 ta hududini qamrab oladi.
Dastur yo‘nalishlari: moliya va biznes-rejalashtirish, marketing va sotuvlar, HR, liderlik va jamoani boshqarish, shuningdek, biznes uchun sun’iy intellekt. Dastur o‘zbek tilida, qulay gibrid formatda tashkil etilgan: avval qisqa onlayn kirish ma’ruzalarini tomosha qilasiz, so‘ngra ikki kunlik jonli treningda bilimlaringizni mustahkamlaysiz.
Treningga Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘ting: @TBCtadbirbot.
Loyiha TBC Uzbekistan tomonidan YETTB bilan hamkorlikda, Shveytsariya hukumati ko‘magida, YETTBning kichik biznesga ko‘maklashish jamg‘armasi doirasida amalga oshirilmoqda.
More like this



