Event ended HybridFree📈 Business🚀 IT

Crypto Week Uzbekistan 2025

April 16 – 19· 09:00 – 18:00 (Asia/Tashkent) · Tashkent· 0 going· 615 views
Crypto Week Uzbekistan 2025
Apr16
Event ended
Heemera
Hosted byHeemeraNot rated yet
Event ended
This event ended on Apr 19. You can discover other events.
0.0Not rated
If you attended the event, could you sign in and rate it?Rate
Date & time
April 16 – 19
04:00 – 13:00 · Asia/Tashkent
Register
cryptoweek.uz
External form

About this event

2025-yil 16–19-aprel kunlari Toshkentda Yoshlar Ijod Saroyida o‘tkaziladigan Crypto Week Uzbekistan 2025 xalqaro forumi Markaziy Osiyoda kripto-aktivlar aylanmasi, blokcheyn texnologiyalari va moliyaviy innovatsiyalar bo‘yicha eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri bo‘ladi. Forumda 400 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda, ular orasida xalqaro kompaniyalar, investorlar, regulyatorlar, yetakchi startaplar va taniqli kripto treyderlar bor.

Tadbir doirasida 30 dan ortiq spiker ishtirokida 20 dan ortiq sessiya va panel muhokamalari, istiqbolli startaplar uchun tanlov, B2B va B2G formatlaridagi uchrashuvlar, expo zonasi, networking tushliklari va AfterParty kabi qator tashkiliy faoliyatlar o‘tkaziladi.

Forumning asosiy e’tibori kripto-aktivlar ekotizimini rivojlantirish, tartibga solish masalalari, texnologiyalar integratsiyasi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi. Spikerlar tarkibida Binance vakillari, yetakchi kripto treyderlar, regulyatorlar va blokcheyn-startaplar asoschilari bo‘ladi.

Shuningdek, fintech yo‘nalishi ham forumda alohida o‘rin egallaydi. Sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy xizmatlar, innovatsion to‘lov tizimlari, neobanklar, moliyaviy xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlari va texnologik transformatsiya jarayonlari muhokama qilinadi.

Forumning asosiy mavzulari orasida kripto-aktivlarni tartibga solish, blokcheyn texnologiyalarining huquqiy va texnik jihatlari, tokenizatsiya, kripto bozoridagi treyderlar roli, raqamli xavfsizlik va fintech innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari mavjud.

Crypto Week Uzbekistan 2025 forumi PraeLegal Uzbekistan, Heemera, va Yoko Digital tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Forumning maqsadi — O‘zbekistonni kripto-aktivlar va raqamli moliya sohasida mintaqadagi yetakchi markaz sifatida ilgari surish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va sohadagi ilg‘or tajribalarni bir platformada jamlashdir.

Location

Tashkent
Tashkent
41.31535447796127, 69.27308438045583
Open in Maps
615 views 0 subscribed Posted Apr 7, 2025 Ceremony
Event ended ★ Not rated
Similar events