14-Xalqaro – "Aquatherm Tashkent 2026" ko’rgazmasi

About this event
14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026" ko’rgazmasi
Ko`rgazma haqida
Aquatherm® Tashkent – O‘zbekistonda HVAC texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar, yangiliklar va innovatsiyalarni taqdim etuvchi yagona sohaga oid ko‘rgazma. Ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, distribyutorlar va yetakchi soha mutaxassislari uchun har yili uchrashuvlar joyi. Ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi aloqalarni o'rnatish uchun platforma.
“Isitish, Ventilyatsiya, Konditsionerlash, Suv ta’minoti, Santexnika, Basseynlari, Atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent” xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Dunyo boʻylab yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar hamda bozorning yangi ishtirokchilari iqlim sanoati kelajagini va butun mavsum uchun tijorat kompaniyalarining jihozlar assortimentini belgilab beruvchi oʻzlarining eng zamonaviy yechimlari va innovatsion texnologiyalarini taqdim etadilar.
Aquatherm Tashkent ko‘rgazmasi iqlim bozorining barcha ishtirokchilariga biznes muammolarini qisqa vaqt ichida maksimal samara bilan hal qilish imkonini beradi.
